platina.uz
Jamiyat

Qurilishlar oldida QR kodli pasportlar oʻrnatiladi

Bu orqali hududda qanday obʼekt qurilayotgani, qachon ruxsat olingani, kim qurishi, qachon ishga tushishi kabi maʼlumotlar olish mumkin boʻladi. QR kodli pasport boʻlmasa, qurilish noqonuniy hisoblanadi.

Qurilishlar oldida QR kodli pasportlar oʻrnatiladi

Qurilish inspeksiyasining hududiy boshqarmalarida quruvchi-operatorlar shtabi tashkil qilinishi belgilandi.

Nazorat inspektorlari bodikamera bilan taʼminlanadi.

Davlat hisobidan qurilayotgan har bir obʼektga toifasiga qarab kamida 2 tadan videokamera oʻrnatiladi. Ular operatorlar shtabiga maʼlumotlarni onlayn yuboradi.

Shuningdek, noqonuniy qurilishlar boʻyicha mahalla raislari va jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi.

Endilikda har bir qurilayotgan obʼekt oldida QR kodli pasporti chiqarib qoʻyiladi, istalgan odam bu orqali hududda qanday obʼekt qurilayotgani, qachon ruxsat olingani, kim qurishi, qachon ishga tushishi kabi maʼlumotlar olishi mumkin boʻladi.

Agar QR kodli pasport boʻlmasa, qurilish noqonuniy hisoblanadi.

Davlat obʼektlarini loyihalash va qurishda haligacha “resurs” usulidan foydalanilayotgani qayd etildi.

Kelasi yil 1 yanvardan qurilishda “resurs” usulidan voz kechib, “hajm” usuliga oʻtish rejalashtirilgan.

Lekin bu tizimni ishlatish tartibi haligacha tasdiqlangani yoʻq. Vazirlar Mahkamasiga bu jarayonni tezlashtirish topshirildi.

Mutasaddilarga oʻquv kurslarini tashkil qilib, loyihachi, pudratchi va nazoratchilarni yangi tizimda ishlashga oʻqitish, kelgusi yil investitsiya dasturiga kiradigan 1 ming 300 dan ziyod obʼekt “hajm” usulida qurilishini taʼminlash topshirildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid