platina.uz
Jahon

Fransiya davlat qarzi 3 trillion yevrodan oshdi

Mamlakat bosh vaziri Mishel Barne iqtisodiyot ogʻir ahvolda ekanini maʼlum qildi. 

Fransiya davlat qarzi 3 trillion yevrodan oshdi

Fransiyaning davlat qarzi 3 trillion yevrodan oshdi, mamlakat iqtisodiyoti esa ogʻir ahvolda ekani aytildi.

Bu haqda respublika bosh vaziri Mishel Barne France 2 telekanalida maʼlum qilgan.

"Mamlakatimiz juda ogʻir vaziyatni boshdan kechirmoqda", dedi u, "Fransiyaning qarzi 3 trillion yevroni tashkil etadi va unga xizmat koʻrsatish uchun yiliga 50 milliard yevrodan koʻproq mablagʻ sarflanadi".

Telekanal maʼlumotlariga koʻra, Fransiyaning davlat qarzi deyarli 3,16 trillion yevroni tashkil etadi.

Barnening taʼkidlashicha, "hukumat na davlat qarzining koʻpayishiga, na ekologik talablarning kamayishiga yoʻl qoʻymaydi". Hukumat xarajatlarni nazorat qilish va pensiya islohotini saqlab qolishga intiladi, deya qoʻshimcha qildi u.

Uning soʻzlariga koʻra, sogʻliqni saqlash tizimi va immigratsiya nazoratiga ustuvor eʼtibor beriladi.

Hukumat rahbari badavlat fransuzlar daromadiga soliqlar oshirilishini istisno etmadi. "Men eng badavlat vatandoshlardan iqtisodiy vaziyatni normallashtirish choralarida ishtirok etish talab qilinishi mumkinligini istisno qilmayman", dedi u.

Avvalroq Yelisey saroyi tashqi ishlar vaziri lavozimini Jan-Noel Barro egallagan yangi vazirlar mahkamasining tasdiqlangan roʻyxatini eʼlon qilgan edi.

Sebasten Lekornu Qurolli Kuchlar rahbarligini saqlab qoldi, Bruno Retaillot esa Ichki ishlar vazirligi rahbari lavozimini egalladi.

Iqtisodiyot vaziri lavozimini 33 yoshli Antuan Armand egalladi. 23 sentabr kuni Vazirlar kengashining yangi tarkibdagi birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid