platina.uz
Siyosat

Behzod Musayev Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari etib tayinlandi

Agentlik hukumat boʻysunuviga oʻtkaziladi. 

Behzod Musayev Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari etib tayinlandi

Bandlik vaziri lavozimidan olingan Behzod Musayev Tashqi mehnat migratsiyasi agentligini boshqaradi.

Davlat rahbari mamlakat oldida tashqi mehnat migratsiyasi sohasida ochilayotgan ulkan imkoniyatlarni toʻliq ishga solish zarurligini taʼkidladi.

Shu munosabat bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Hukumat boʻysunuviga oʻtkaziladi va Bexzod Musayev unga rahbar etib tayinlanadi.

Agentlikka fuqarolarning xorijdagi yuqori daromadli mehnat bozorlariga kirishi boʻyicha boshlangan ishlarni jadallashtirish topshirildi.

Hokimlar va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz taqdiri uchun agentlik bilan tengma-teng javobgar boʻlishi belgilandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid