Bandlik vaziri Behzod Musayev lavozimidan olindi
Prezident yigʻilishida Botir Zohidov kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tasdiqlangani maʼlum qilindi.

Bandlik vaziri Behzod Musayev ishdan olindi. Ayni paytda boʻlib oʻtayotgan prezident yigʻilishida Botir Zohidov kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tasdiqlangani maʼlum qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qurilish industriyasi va qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazilmoqda.
Yigʻilishda Bandlik vazirligining hozirgi ish yuritishi bilan bu marralarga erishib boʻlmasligi qayd etildi. Shu munosabat bilan Botir Zohidov kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tasdiqlangani maʼlum qilindi.
Bu vazirlik faoliyati ham mutlaqo boshqacha boʻlishi koʻrsatib oʻtildi. Mahallabay agentligi tugatilib, uning barcha vazifalari hamda hokim yordamchilari Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga oʻtadi.