Oʻzbekiston Xitoyga imkoniyatni boy berdi
Shamsiddin Vohidov Vang Yuyeni magʻlub etdi, ammo bu gʻalaba uchun yetarli boʻlmadi. Bugun terma Fransiyaga qarshi oʻynaydi.

Budapeshtda boʻlib oʻtayotgan butunjahon shaxmat olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasi Xitoyga magʻlub boʻldi.
Afsuski, bu magʻlubiyat tufayli yigitlar 1-2 oʻrinlar uchun kurashishdan mosuvo boʻlishdi.
Garcha magʻlubiyatga uchragan boʻlsada terma Xitoyga yaxshi qarshilik koʻrsatdi.
Jumladan, Nodirbek Abdusattorov raqibi bilan durang oʻynadi, Shamsiddin Vohidov esa Vang Yuyeni magʻlub etdi.
Yakunda minimal 1.5-2.5 qayd etildi.
Bu turda ayollar jamoasi Angliyani yirik 3-1 hisobida magʻlub etishdi.
Bugun, 11-turda, erkaklar terma jamoasi Fransiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Ayollar terma jamoasi esa Turkiya jamoasi bilan toʻqnash keladi.