Toshkent sitidagi qurilishda xavfsizlik talablariga rioya qilinmagani aniqlandi
Qurilish inspeksiyasi monitoringiga koʻra hudud chiqindilardan ham tozalanmagan.

Toshkentdagi Real house turar joy binosida kamchiliklar aniqlandi.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan poytaxtning Shayxontohur tumanidagi Tashkent city hududida joylashgan Real house turar joy binosida monitoring ishlari oʻtkazildi.
Natijada obʼektda "Qurilishda xavfsizlik texnikasi” qoidalariga rioya qilinmaganligi, shu bilan bir qatorda hudud qurilish chiqindilaridan tozalanmagani aniqlandi.
Masʼullar ushbu qoidabuzarliklar yuzasidan buyutmachiga bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar berishdi va qurilish-montaj ishlari nazoratga olindi, deyiladi qurilish inspeksiyasi xabarida.




