Gigantlar jangi: McDonald’s va Burger King - marketing va reklama urushlari
McDonald’s global fastfud bozorining qariyb 21 foizini egallagan, Burger Kingning ulushi esa 8 foiz atrofidadir.
McDonald’s va Burger King oʻrtasidagi raqobat dunyodagi eng mashhur va eng uzoq davom etgan marketing janglaridan biridir. Ushbu ikki kompaniya oʻnlab yillar davomida yangi va innovatsion marketing harakatlari, reklama kampaniyalari va reklama strategiyalarini taklif qilib, isteʼmolchilar eʼtiborini jalb qilish uchun kurashib kelmoqda. Fast fud - tez taomlanish bozorida yetakchilik uchun kurashda har bir kompaniya nafaqat oziq-ovqat sifati, balki reklama ijodkorligi, mijozlarga yondashuv va global miqyosda ham oʻz raqibini ortda qoldirishga intiladi.
Raqobat tarixi
McDonald’s va Burger King - eng qadimgi va eng yirik tez ovqatlanish tarmoqlari boʻlib, ular yaratilganidan beri global hukmronlik uchun raqobatlashadi. McDonald’s 1940 yilda Kaliforniyadagi aka-uka MakDonaldlar tomonidan tashkil etilgan ushbu tarmoq 2023 yilga kelib, 119 mamlakatda 40 000 dan ortiq restoraniga ega.
Burger King esa 1954 yilda, Jeyms MakLamor va Devid Edgerton Mayamida birinchi restoranni ochganda paydo boʻldi. Bugungi kunda Burger King 100 dan ortiq mamlakatlarda 19 000 ga yaqin restoraniga ega.
1970-yillarda bu gigantlar oʻrtasidagi marketing urushining faol bosqichi boshlangan. Bu davrda Burger King oʻzining mashhur «Have It Your Way» (Oʻz bilganingcha ol) kampaniyasini boshladi va burgerlarni mijozning oʻzi “yasashi” uchun imkon beruvchi konstruktorni yoʻlga qoʻydi.
Bu McDonald’sning standartlashtirilgan va oʻzgarmas yondashuvidan farq qilar edi. Ushbu reklama kampaniyasi Burger Kingning oʻziga xos strategiyasini namoyish etdi, u isteʼmolchilarga koʻproq tanlash erkinligini taʼminlashga intildi, bu esa McDonald’sni allaqachon shakllangan menyusini shubha ostiga qoʻydi.
Strategiyalar va marketing urushlari
McDonald’s va Burger King oʻzlarining reklama kampaniyalarida koʻpincha hujum va mudofaa strategiyalaridan foydalanadilar. Mana bir nechta asosiy misollar:
Qiyosiy reklama. Burger King har doim McDonald’s bilan agressiv raqobatlashishga tayyor boʻlgan. Misol uchun, 1980-yillarda Burger King «Whopper Virgins» reklama kampaniyasini boshladi, unda burger madaniyati bilan tanish boʻlmagan odamlar Burger King’s Whopper va McDonald’s Big Mac’ni sinab koʻrishlari mumkin edi. Kampaniya natijalariga koʻra, Whopper gʻolib boʻlib, Burger Kingning tajovuzkor strategiyasini kuchaytirdi.
McDonald’s va Happy Meal strategiyasi. McDonald’sning asosiy marketing strategiyalaridan biri 1979 yilda Happy Meal taklifi edi. Bolalar uchun moʻljallangan ushbu noyob sovgʻa mashhur bolalar filmlari va shoulari bilan bogʻliq oʻyinchoqlarni oʻz ichiga olgan. Bu Burger King uzoq vaqt davomida erisha olmagan narsa - yosh avlodning sadoqatini kuchaytirdi, Raqobatchining shunga oʻxshash mahsulotni yaratishga urinishlari unchalik muvaffaqiyatli boʻlmadi.
Burger King va ijtimoiy tarmoqlardagi hujumlar. Soʻnggi yillarda Burger King McDonald’sga hujum qilish uchun ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanmoqda. 2018-yilgi «Whopper Detour» aksiyasi bunga misol boʻla oladi, u yerda foydalanuvchilar Whopper’ni McDonald’sdan 600 fut (180 metrga yaqin) masofada boʻlganida ilova orqali buyurtma qilsalar, atigi bir sentga sotib olishlari mumkin edi. Ushbu kampaniya raqamli innovatsiyalardan ijodiy raqobat uchun qanday foydalanish mumkinligini koʻrsatdi.
Moliyaviy koʻrsatkichlar va bozor ulushlari
2023 yil oxiriga kelib, McDonald’s fast-fud bozorida 23 mlrd dollardan ortiq aylanma kapital va taxminan 6 mlrd dollar sof foyda bilan yetakchi boʻlib qolmoqda.
Burger King esa, garchi u burger zanjiri segmentida ikkinchi oʻrinda boʻlsa-da, daromad boʻyicha ancha orqada turibdi. 2023 yilda Burger King taxminan 10 mlrd dollar ishlab topdi va 1,8 mlrd dollar sof foydaga ega boʻldi.
McDonald’s global fastfud bozorining qariyb 21 foizini egallagan, Burger Kingning ulushi esa 8 foiz atrofida. Bu raqamlar McDonald’sning aylanmada ham, global miqyosda ham ustunligini tasdiqlaydi, garchi Ispaniya va Portugaliya kabi baʼzi mamlakatlarda Burger King bozor ulushi boʻyicha yetakchilik qiladi.
Zamonaviy reklama kampaniyalari va innovatsiyalar
Bugungi kunda ikkala kompaniyaning marketing strategiyalari raqamli texnologiyalar va atrof-muhitni muhofaza qilish tashabbuslariga koʻproq eʼtibor qaratmoqda. Biroq, marketing urushlari davom etmoqda.
Ekologik tashabbuslar
Ikkala brend ham ekologik barqarorlikni taʼminlashga sodiqligini taʼkidlaydi. McDonald’s plastik chiqindilarni kamaytirish, jumladan, ichimlik ichish uchun kerak boʻladigan plastik naychalardan voz kechish va ekologik toza qadoqlarni sinovdan oʻtkazish kampaniyalarini ilgari surmoqda.
Burger King esa, oʻz navbatida, qayta ishlanadigan qadoqlashdan foydalanish va oʻz menyusiga «Impossible Whopper» vegan (hayvon mahsulotlari – goʻsht sut moy va boshqalarsiz) burgerni kiritishini eʼlon qildi. Bu esa atrof-muhit va sogʻlom turmush tarziga eʼtibor qaratgan auditoriyani jalb qilishda muhim qadam boʻldi.
Raqamli texnologiyalar
Qulay va tezkor yechimlarga talab ortib borayotgan sharoitda McDonald’s va Burger King mobil ilovalar va sodiqlik dasturlarini faol ravishda ishlab chiqmoqda. McDonald’s shaxsiylashtirilgan tavsiyalar yechimlarini ishlab chiquvchi Dynamic Yield kompaniyasini sotib olish bilan raqamlashtirishga sarmoyasi koʻlamini oshirdi. Bu mijozlar bilan oʻzaro munosabatlarni yaxshilash va oʻrtacha chek puli miqdorini oshirish imkonini beradi.
Yetakchilik siri nimada?
Mutaxassislarning qayd etishicha, McDonald’sning uzoq muddatli yetakchiligining asosiy sababi - uning bozordagi oʻzgarishlarga moslasha olishidadir. Kompaniya isteʼmolchilarning yangi talablariga tezda javob beradi, nafaqat anʼanaviy menyu, balki zamonaviy tendensiyalarga javob beradigan yangi mahsulotlarni ham taklif qiladi.
Oʻz navbatida, Burger King oʻz strategiyasini agressiv reklama kampaniyalari va ijodiy yechimlar orqali ajralib turishga urinishlar asosida quradi.
Marketing boʻyicha ekspert Jon Bredlining soʻzlariga koʻra, “Burger King har doim bozorda isyonkor boʻlishga intilgan, McDonald’s esa barqarorlik va hamma uchun qulaylikni oʻzida mujassam etgan”. Strategiyalarning bunday uygʻunligi raqobatda oʻziga xos dinamikani yaratadi.
Isroil qonxoʻrliklari, boykot zarari va ikkiyuzlamachilik
Oʻtgan yili Isroil armiyasi Gʻazo sektoriga navbatdagi hujumini boshlab, falastinlik oʻn minglab begunoh ayollar va bolalarni oʻldirishni boshlagan edi. McDonald’s franshizasining Isroildagi shoxobchasi McDonald's Israel minglab qonxoʻr yahudiy askarlariga tekin tushliklar tarqatdi va bu qilmishi bilan ijtimoiy tarmoqlarda maqtandi.
McDonald’s ning bosqinchilarni bu tarzda oshkora qoʻllab-quvvatlashi musulmon dunyosida kuchli noroziliklarga sabab boʻldi. Odamlar ijtimoiy tarmoqlar orqali McDonald’s ni boykot qilishga chaqira boshladi.
Reuters agentligining yozishicha, Yaqin Sharq, Xitoy va Hindistondagi savdolar oʻsishi 2023 yil oktabre-dekabr oylarida atigi 0,7 foizni tashkil etgan. Bu bozor kutilmalaridan 5,5 foiz past boʻlgan. Tarmoqning Bosh direktori Kris Kempinskining tan olishicha, boykot musulmon mamlakatlaridagi savdolarga sezilarli zarar keltirgan. «Mazkur mojaro, ushbu urush davom etar ekan, vaziyat oʻnglanishidan umid qila olmaymiz, — degan Kempinski.
McDonald's Israel tarmogʻining yahudiy bosqinchilarini qoʻllab-quvvatlashi bu tarmoqning “tinchlikparvarlik” strategiyasiga zid boʻlgani gʻalati. Zero tarixan, McDonald's bor joyda urush boʻlmaydi” yoki “agar ikki davlatda McDonald's boʻlsa ular urushmaydi” degan yozilmagan qoida bor edi. Shu boisdan ham Rossiya Ukrainaga bostirib kirgani sababli bu tarmoq 2022 yil 16 mayda Rossiyani, keyinchalik Belarusni butunlay tark etdi.
Biroq Rossiya bosqinini qoralagan McDonald's ning Isroil armiyasining qonxoʻrliklarini yoqlab, bosqinchi askarlarga tekin tushlik tarqatgani, yumshoq qilib aytganda ikkiyuzlamachilik va qoʻshstandartlar borligidan darak berishi mumkin.
Nega Oʻzbekistonda yoʻq?
McDonald's dunyoning deyarli barcha davlatlarida 40 mingdan ziyod nuqtalariga ega boʻlsada, ayrim hududlarda hamon ushbu franshiza burgerlarini sotib olib boʻlmaydi. Shimoliy Koreya, Yaman, Zimbabve, Eron yoki Boliviyada yoʻqligini tushunsa boʻladi, biroq Islandiya, Armaniston, Chernogoriya, Shimoliy Makedoniya, Bermud orollarida hamon McDonald's yoʻqligini izohlash qiyin.
Shuningdek, Oʻzbekistonda ham haligacha McDonald's restoranlari mavjud emas. Buning asosiy sababi 2 ta: mahalliy koʻcha taomlari – fast-fudning ustuvorligi hamda McDonald's farnshizasini sotib olishning ayni shu hududda, ayni vaqtda va ayni bozorda rentabel emasligi bilan bogʻliq.
Aytgancha, hatto sotsialistik oʻtmish vayronasi boʻlgan Kuba kabi nodemokratik va qashshoq davlatda ham bittagina boʻlsada McDonald's restorani bor.
Kelajak uchun prognozlar
Mutaxassislarning prognozlariga koʻra, McDonald’s va Burger King oʻrtasidagi raqobat kelgusi yillarda, ayniqsa, raqamli texnologiyalar va isteʼmolchilarning sogʻlom va ekologik toza oziq-ovqatga boʻlgan afzalliklari oʻzgarishi sharoitida kuchayadi. Biroq, McDonald’s oʻzining miqyosi va moslashuvchanligi tufayli, ehtimol, yetakchilik mavqeini saqlab qolishda davom etadi.
Boshqa tomondan, Burger King yosh isteʼmolchilarni jalb qilish uchun innovatsion mahsulotlar va ijodiy kampaniyalarga eʼtibor qaratib, oʻzining "gibrid" strategiyasini davom ettirishi mumkin. Raqamlashtirish va ekologiya tobora muhim rol oʻynayotgan postpandemiya voqeligiga moslashish asosiy omillardan biri boʻladi.
Umuman olganda, McDonald’s va Burger King oʻrtasidagi marketing urushi bozor ulushi uchun oʻnlab yillar davom etgan kurashning ajoyib namunasidir, har bir kompaniya oʻzining kuchli tomonlarini yangi mijozlarni jalb qilish va mavjudlarini saqlab qolish uchun ishlatadi.
McDonald’s global bozorda yetakchi boʻlib qolsa-da, Burger King raqobatbardoshlikni saqlab qolish uchun ijodkorlik va innovatsiyalarni faol ravishda izlamoqda. Kelajakda har ikkala kompaniya uchun asosiy muvaffaqiyat omillari raqamlashtirish, barqarorlik va isteʼmolchilarning xohish-istaklaridagi oʻzgarishlarga tezda javob berish qobiliyati boʻladi.