Ekopartiya tamaki mahsulotlariga qoʻshimcha ekologik soliq joriy etish tashabbusini bildirdi
Bundan maqsad chekmaydiganlarni va atrof-muhitni tamaki chekish tufayli atrofga yetkazilayotgan zararlar taʼsiridan himoya qilish bilan izohlanadi.

Joriy yilda boʻlib oʻtadigan saylovlar oldidan Oʻzbekiston Ekologik partiyasi tomonidan tamaki mahsulotlariga qoʻshimcha ekologik soliq joriy etish dasturiy vazifasining ilgari surilyapti.
Tamaki chekish muammosi yildan-yilga global tus olmoqda. JSST maʼlumotlariga koʻra, hozirda dunyodagi 7,5 milliarddan ortiq aholi orasida 1 milliardga yaqin chekuvchilar bor. Tahlillarga koʻra, har yili tamaki isteʼmolchilari 5,7 milliard sigaret chekadi va taxminan 1 million tonna sigaret qoldigʻini tashlaydi. Shundan kelib chiqqan holda bunga qarshi kurashish borasida turli mamlakatlar tomonidan kurash olib borilmoqda.
Tamaki mahsulotlarini cheklash, yuqori stavkali soliqlar qoʻllash, qoʻshimcha soliqlar joriy etish choralari amaliyotga tatbiq etilmoqda. Bundan koʻzlangan maqsad chekmaydiganlarni va atrof-muhitni tamaki chekish tufayli atrofga yetkazilayotgan zararlar taʼsiridan himoya qilish bilan izohlanadi.
Oʻzbekistonda tamaki soliqlarini joriy etish nafaqat davlatning sogʻliqni saqlash va iqtisodiyot sohasidagi islohotlarini qoʻllab-quvvatlaydi, balki mamlakatimizning atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanishga qaratilgan "yashil" siyosatini ham mustahkamlaydi.
Xorijiy tajribaga nazar tashlansa, Avstraliyada 2010 yildan 2020 yilgacha oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasida tamaki soliqlarining oshirilishi natijasida chekish darajasi 12 foiz kamaygani ayon boʻladi. Bu chora sogʻliqni saqlashga yoʻnaltiriladigan xarajatlarning kamayishiga va aholining umumiy salomatligi yaxshilanishiga olib kelgan.
Maʼlumot oʻrnida bir dona sigaret chekilganda atrof-muhit 70 mg kukun va 25 mg karbooksid bilan zaharlanar ekan. Tamaki chekilgan xonada bir yarim soat turgan chekmaydigan kishining qonida nikotin miqdori yetti barobar ortadi. Tonnalab chiqadigan sigaret qoldiqlari atrof-muhitni, odamlar salomatligini yillar davomida zaharlab turadi.