Davlat chegarasi haqidagi qonunga oʻzgartirishlar kiritilyapti
Bu bilan barcha qonunchilik hujjatlarida chegara tushunchalari aniq va bir xil qoʻllanilishiga erishiladi.

Senat yalpi majlisida davlat chegarasi haqidagi qonunga ayrim oʻzgartirishlar kiritish haqidagi qonun loyihasi maʼqullandi.
Jumladan:
- "Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisida"gi qonunga delimitatsiya qilish, yaʼni davlat chegarasi chizigʻini aniqlash, uning oʻtishini tasdiqlash va uni xaritada grafik tarzida aks ettirish;
- demarkatsiya qilish, yaʼni chegara belgilarini oʻrnatish yoʻli bilan joylarda davlat chegarasi chizigʻini belgilash;
- redemarkatsiya qilish, yaʼni davlat chegarasi chizigʻini tiklash va uni chegara belgilari bilan tiklash, yoʻqotilgan chegara belgilarini tiklash, qoʻshimcha chegara belgilarini oʻrnatish kabi tushunchalar kiritilmoqda.
Bu oʻzgartirishlar bilan davlat chegarasi boʻyicha barcha qonunchilik hujjatlarida chegara tushunchalari aniq va bir xil qoʻllanilishiga erishiladi, DXX chegara qoʻshinlari vakolatlarini aniqlashtirishga xizmat qiladi.
Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.