platina.uz
Jamiyat

Yovvoyi hayvonlarni uyda saqlash va tomoshalarda foydalanish taqiqlanyapti

Bunday jonzotlar hayvonot bogʻlaridagi reabilitatsiya markazlariga, okeanariumlar, pitomnik va ilmiy-tadqiqot muassasalariga topshiriladi.

Yovvoyi hayvonlarni uyda saqlash va tomoshalarda foydalanish taqiqlanyapti

Endi yovvoyi hayvonlarni uy sharoitida, sirk va shapitolarda saqlash hamda tomoshalarda foydalanish taqiqlanadi. Prezidentga qilingan taqdimotda shu haqda soʻz boradi.

"Sohadagi yana bir muammo yovvoyi hayvonlarni asrash bilan bogʻliq. Ularni xonadonlarda boqish huquqiy jihatdan tartibga solinmagan", deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Jismoniy shaxslar ixtiyoridagi hamda sirklarda saqlanuvchi bunday jonzotlar hayvonot bogʻlaridagi reabilitatsiya markazlariga, okeanariumlar, pitomnik va ilmiy-tadqiqot muassasalariga topshirilishi belgilanmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid