platina.uz
Jamiyat

Yoʻl qoidasini buzgan tez yordam va yongʻin mashinalari ham radarga tushadi

Tez yordam va oʻt oʻchiruvchilarga qoidabuzarlik jarimasini bekor qilishda hujjat taqdim etish talabi bekor qilinadi. 

Yoʻl qoidasini buzgan tez yordam va yongʻin mashinalari ham radarga tushadi

Yoʻl qoidasini buzgan tez yordam va yongʻin mashinalari ham radarga tushadi.

Senat yalpi majlisida "Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonun koʻrib chiqildi.

Tez tibbiy yordam hamda yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari transport vositalari katta tezlikda yoki yoʻl belgilariga rioya etmay harakatlanishi bilan bogʻliq holatlar mavjud.

Bunday holatlar, oʻz navbatida, foto- va video texnik vositalar orqali qayd etilmoqda.

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 171-moddasiga asosan yuqorida koʻrsatilgan holat yuzaga kelgan hollarda, tez tibbiy yordam va yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari xizmatlari tomonidan xizmat vazifalarini bajarganliklarini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, maʼmuriy ish MJtKning 271-moddasi asosida tugatilishi belgilangan.

Muhokama qilingan Qonun orqali amaliyotga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga asosan tez tibbiy yordam va yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining transport vositalari tomonidan kechiktirib boʻlmaydigan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi talabi bekor qilinmoqda.

Qayd etish joiz, Toshkent shahrida 2023 yil iyun oyidan boshlab oʻtkazilgan reyd tadbirlarida individual harakatlanish vositalari boshqaruvchilari tomonidan 200 dan ortiq yoʻl harakati qoidalari buzilganligi aniqlangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid