platina.uz
Iqtisod

“Yevro-4” standartidan past yoqilgʻilar bosqichma-bosqich taqiqlanadi

Shavkat Mirziyoyev koʻrsatilgan atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha takliflar taqdimotida shu haqda soʻz boradi.

“Yevro-4” standartidan past yoqilgʻilar bosqichma-bosqich taqiqlanadi

Chang boʻronlariga qarshi kurashish va ularning oqibatlarini yumshatish boʻyicha 2024-2030 yillarga moʻljallangan milliyda “Yevro-4” standartidan past toifadagi yoqilgʻini sotish va undan foydalanishni bosqichma-bosqich toʻliq taqiqlash nazarda tutiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 sentabr kuni atrof-muhitni muhofaza qilish va turizm sohalaridagi takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Qayd etilishicha, Buxoro va Fargʻona neftni qayta ishlash zavodlari yuqori sifatli yoqilgʻi ishlab chiqarish boʻyicha modernizatsiya qilinadi.

“Yevro-4” standartiga javob beradigan yoqilgʻilardan hozirgi kunda Yevropa butunlay voz kechgan, Rossiyada kam qolgan. Oʻzbekiston ham 2025 yil yanvardan 80 markali benzinni taqiqlaydi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid