platina.uz
Jamiyat

Surxondaryoda "Toza hudud" DUK aholidan 3,2 mlrd soʻm ortiqcha mablagʻ undirgani maʼlum boʻldi

Natijada korxonaga qarshi ish qoʻzgʻatilib,   moliyaviy jarima belgilangan. 

Surxondaryoda "Toza hudud" DUK aholidan 3,2 mlrd soʻm ortiqcha mablagʻ undirgani maʼlum boʻldi

Raqobat qoʻmitasi aholidan undirilgan 3,2 mlrd soʻmni qaytarish boʻyicha topshiriq berdi.

Qoʻmitaning Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi 2024 yil II-yarim yillik ish rejasiga muvofiq Surxondaryo viloyati “Toza hudud” DUKda aholiga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati va holati hamda isteʼmolchilardan koʻrsatilmagan xizmatlar uchun pul olish holati yuzasidan oʻrganish oʻtkazdi.

Oʻrganishda mazkur viloyat “Toza hudud” DUK mavjud tartib-qoidalarga rioya qilmagan holda, yaʼni tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilmasdan (tasdiqlamasdan) yoki kelishib olmasdan qoʻllanilishi natijasida 522,6 mln soʻm, koʻrsatilmagan xizmat uchun 2,7 mlrd soʻm, jami 3,2 mlrd soʻm miqdorida ortiqcha daromad olinganligi holati aniqlandi.

Yuqoridagilarga koʻra, hududiy boshqarmaning Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 18-moddasi, “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 21-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 722-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomi talablari buzilganligi alomatlari bilan xizmat koʻrsatuvchi tashkilotga (“Toza hudud” DUK) nisbatan ish qoʻzgʻatildi. Ish natijasi yuzasidan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qoʻllanildi.

Shuningdek, 3,2 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻni isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinishi boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berildi.

"Toza hudud" DUK avvalroq Sirdaryoda ham aholidan yarim milliard soʻmdan oshiq ortiqcha pul undirgandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid