platina.uz
Jamiyat

“Rossiyada Oʻzbekiston turizmi yili” koʻrgazmasi ochildi

Ikki mamlakatning turizm sektori vakillari uchun tajriba almashish va yangi biznes aloqalarini oʻrnatish maqsadida B2B va B2G formatlarida uchrashuvlar ham tashkil etildi.

“Rossiyada Oʻzbekiston turizmi yili” koʻrgazmasi ochildi

“Rossiyada Oʻzbekiston turizmi yili” doirasida Turizm qoʻmitasi hamda Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi koʻmagida Moskva shahridagi koʻrgazmalar majmuasidagi Oʻzbekiston milliy pavilonida Moskva va Moskva viloyati sayyohlik biznesining 60 dan ortiq vakillari uchun mamlakatimizning sayyohlik salohiyatining taqdimotlari boʻlib oʻtdi.

Koʻrgazmada “Oʻzbekiston – Sharq ertagi” rangli tasvirlangan nashri oʻquvchilarga Oʻzbekistonning barcha viloyat va shaharlariga tashrif buyurishning jozibali jihatlarini toʻliq ochib beradi, shuningdek, oʻzbek xalqining boy madaniyati, anʼanalari, goʻzal manzaralari, oshxonasi va mehmondoʻstligi haqida soʻz boradi.

Shuningdek, ikki mamlakatning turizm sektori vakillari uchun tajriba almashish va yangi biznes aloqalarini oʻrnatish maqsadida B2B va B2G formatlarida uchrashuvlar tashkil etildi.

Mehmonlarga mamlakatimizning boy madaniy va tarixiy merosini ochib beruvchi “Oʻzbekiston” paviloniga ekskursiya uyushtirilib, tadbir ishtirokchilari oʻzbek taomlaridan tatib koʻrdilar va Oʻzbekistonning boy madaniyati bilan yaqindan tanishdilar.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid