platina.uz
Iqtisod

Oʻzbekiston oʻrtacha maoshlar reytingida 76-oʻrinni egalladi

Markaziy Osiyoda Qozogʻiston maosh miqdori boʻyicha yetakchi (580 dollar). Rossiya 554 dollar bilan Qozogʻistondan bir pogʻona pastki oʻrinni egallagan. 

Oʻzbekiston oʻrtacha  maoshlar reytingida 76-oʻrinni egalladi

Numbeo portali tuzgan oʻrtacha maoshlar reytingida Oʻzbekiston 438 dollar bilan dunyoda 76-oʻrinni egalladi.

Mamlakat Ozarbayjon va Braziliya oraligʻida joylashgan. Ozarbayjon ham 438 dollarlik natija koʻrsatgan boʻlsa, Braziliyada oʻrtacha maosh 426 dollarni tashkil qiladi.

Reytingda 7193 dollar bilan Shveysariya yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi oʻrinda Lyuksemburg (6030 dollar), uchinchi oʻrinda esa AQSh turibdi (4529 dollar).

Osiyo qitʼasidan Singapur va Qatar yuqori oʻrinlarni band etgan (4-5-oʻrinlar). Turkiya 705 dollar bilan 55-oʻrinda. Qozogʻiston (580 dollar) Rossiyani ortdan qoldirgan (554 dollar).

Oxirgi oʻrinni 37 dollar bilan Kuba egalladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid