Oʻzbekiston FIFA reytingida biroz yuqoriladi
Roʻyxatda Argentina termasi yetakchilik qilmoqda.

Oʻzbekiston termasi FIFA reytingida yuqoriladi.
FIFA tomonidan milliy jamoalarning yangilangan reytingi eʼlon qilindi.
Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi avvalgi oʻrnidan 1 pogʻona yuqorilab, 60-oʻrindan joy oldi.
Reytingda Argentina termasi yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi oʻrinda Fransiya, soʻngra esa Ispaniya bormoqda.
Kuchli oʻnlikka Italiya termasi yakun yasagan.
Oʻzbekiston Janubiy Afrika va Yamayka termalari oraligʻida joylashgan.