Nodirbek Abdusattorov Oʻzbekiston uchun muhim gʻalabani taqdim etdi
Vengriyaning Budapesht shahrida oʻtkazilayotgan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 8-turida Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi Serbiyani 2,5:1,5 hisobida magʻlub etdi.

Oʻzbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov jahon shaxmat olimpiadasida mamlakatga muhim gʻalaba keltirdi.
Vengriyaning Budapesht shahrida oʻtkazilayotgan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 8-turida Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi Serbiyaga qarshi dona surdi.
Oʻzbekistonlik shaxmatchilar – Javohir Sindarov, Shamsiddin Vohidov va Nodirbek Yoqubboyevlar durang natija qayd etishdi.
Nodirbek Abdusattorov esa hal qiluvchi pallada ajoyib oʻyin koʻrsatib, raqibini magʻlub qildi va Oʻzbekiston uchun kerakli gʻalabani taqdim etdi.
Umumiy hisob: Oʻzbekiston - Serbiya 2,5:1,5.
Qizlar jamoasi esa AQSh bilan toʻqnash keldi va 0,5:3,5 hisobida magʻlub boʻldi.