platina.uz
Jahon

Livan boʻylab yirik kiberhujum: 20 kishi halok boʻldi

Mamlakatda ikki kun davomida  minglab aloqa qurilmalari portladi. Hodisalar ortida Isroil xavfsizlik xizmati turgani aytildi. 

Livan boʻylab yirik kiberhujum: 20 kishi halok boʻldi

Livan boʻylab aloqa qurilmalariga yirik kiberhujum uyushtirildi. Natijada peyjerlar, telefonlar va boshqa qurilmagan portlab ketgan.

Mazkur hodisalar oqibatida boʻlganlar soni 20 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda Livan Sogʻliqni saqlash vazirligi.

18 sentabr kuni sodir boʻlgan portlashlarda 14 kishi halok boʻlgani, 450 kishi jarohatlangani avvalroq xabar qilingan.

Bu haqda Al-Jazira telekanali Livan Sogʻliqni saqlash vazirligiga asoslanib xabar bermoqda. U qurbonlar soni haqida aniq maʼlumot bermagan, biroq «yuzlab» odamlar yaralanganini qayd etgan.

17 sentabr kuni peyjerlar butun Livan boʻylab portlashni boshladi. 12 kishi halok boʻldi, 4 mingdan ortiq kishi jarohat oldi. Livan hukumati Isroilni aybladi. Reuters agentligining yozishicha, Isroil razvedka xizmati Mossad Livanning Hizbulloh harakati tomonidan sotib olingan 5 mingta qurilmaga portlovchi moddalar oʻrnatgan. 18 sentabr kuni butun mamlakat boʻylab boshqa qurilmalar – noutbuklar, ratsiyalar, portativ radiolar portlashni boshladi.

Ayrim maʼlumotlarga koʻra, portlashlar ortida Isroil maxsus kuchlari, yaʼni "Mossad" tashkiloti turibdi. Ular Tayvan kompaniyasi ishlab chiqargan qurilmalarni minalashtirishga muvaffaq boʻlishgan.

Ushbu hodisa Livan va Isroil oʻrtasida haqiqiy urush chiqish xavfini oshirdi. Isroil 98-harbiy diviziyasini Gʻazo janubidan olib, Livan chegaralariga olib kelgani maʼlum boʻldi. Hizbulloh ham portlash uchun yahudiy davlatiga munosib javob boʻlishi haqida bayonot berdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid