platina.uz
Jahon

BMT Isroildan bosib olingan Falastin hududlarini tark etishga chaqirdi

Oʻzbekiston ham Falastinni qoʻllab-quvvatladi. Hujjatni 124 davlat maʼqullagan, 14 davlat qarshi ovoz berdi, ular ichida AQSh, Chexiya kabi davlatlar bor. 

BMT Isroildan bosib olingan Falastin hududlarini tark etishga chaqirdi

BMTga aʼzo davlatlar 18 sentabr kuni Isroildan Falastin hududlarini bosib olishini 12 oy ichida toʻxtatish va rezolyutsiyaga rioya qilmagan taqdirda sanksiyalar qoʻllashni talab qiluvchi rezolyutsiyani qabul qilish uchun ovoz berdi.

Hujjatni 124 davlat qoʻllab-quvvatladi, 14 davlat qarshi ovoz berdi, yana 43 davlat betaraf qoldi. AQSh, Argentina, Chexiya, Vengriya kabi davlatlar hujjatga qarshi chiqdi. Oʻzbekiston esa Isroil tomonidan Falastin hududlari egallanishiga qarshi chiqdi va rezolyutsiyani qoʻllab-quvvatladi. Germaniya ovoz berishda betaraf qoldi.

Isroil rezolyutsiyani mantiqsiz deb atadi.

Rezolyutsiyada Isroil qoʻshinlarini Falastin hududidan olib chiqib ketish, yangi aholi punktlari qurilishini toʻxtatish, bosib olingan yer va mulklarni qaytarish, shuningdek, koʻchirilgan falastinliklarning qaytishi mumkinligi talab qilinadi. Majburiy boʻlmagan hujjat Xalqaro Sudning 1967 yildan beri bosqinchilik "noqonuniy" ekanligi haqidagi maslahat xulosasiga asoslanadi.

Rezolyutsiya Falastin delegatsiyasi tomonidan 2024 yilning may oyida BMT organlaridagi huquqlari kengaytirilganidan keyin birinchi marta kiritilgan.

Falastin maʼmuriyatining BMTdagi doimiy kuzatuvchisi Riyod Mansurning aytishicha, hujjatdan maqsad "Xalqaro hamjamiyatning Bosh Assambleyadagi bosimi va Xalqaro sudning tarixiy qarori bosimidan foydalanib, Isroilni oʻz xatti-harakatlarini oʻzgartirishga majbur qilishdir".

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid