AloqaBank “ICTWEEK UZBEKISTAN 2024” haftaligida oʻzining yangi mahsulotlari taqdimotini oʻtkazdi
Toshkentda “ICTWEEK UZBEKISTAN 2024” haftaligi boʻlib oʻtmoqda. Haftalik doirasida AloqaBank oʻzining bir qator innovatsion yechimlari, jumladan, biznesni rivojlantirish va mijozlarga xizmat koʻrsatishni yaxshilashga qaratilgan uchta yangi mahsulotni taqdim qildi.

Taqdimoti oʻtkazilgan mahsulotlardan biri Zoomrad Business boʻlib, u kichik va oʻrta biznes uchun ishlab chiqilgan. Ushbu yechim hisoblarni boshqarish, toʻlovlarni avtomatlashtirish va hamkorlar bilan oʻzaro aloqalarni yaxshilashga moʻljallangan. Zoomrad Business raqamli bank sohasidagi eng yangi texnologiyalar bilan integratsiya qilingan boʻlib, moliyaviy operatsiyalarni yanada tezlashtirish va xarajatlarni nazorat qilish imkonini beradi.
Zoomrad Business korporativ hisoblarni boshqarishni soddalashtiradi, tranzaksiyalar va toʻlovlarni tezkor qayta ishlaydi hamda zamonaviy hisob va tahlil vositalarining qulayliklarini taqdim etadi.