platina.uz

Toshkentda mebel sexi yonib ketdi

Hodisa oqibatida jarohatlangan va qurbonlar yoʻq.  

Jamiyat
18-sentabr 2024 yil
Toshkentda mebel sexi yonib ketdi

Toshkent shahar Olmazor tumanida mebel sexi yonib ketdi.

18 sentabr kuni soat 07:28da Olmazor tumani, Usta Shirin koʻchasida joylashgan, mebel ishlab chiqarish korxonalarining birida yongʻin boʻlayotganligi toʻgʻrisida, Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Yongʻin qutqaruv ekipajlari etilgan manzilga soat 07:34 da yetib borishgan, hodisa bir soat ichida bartaraf etilgan.

Yongʻin natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisida xabar kelib tushmadi.

Voqea joyiga Toshkent shahar FVB rahbariyati hamda maʼsul tashkilotlarning vakillari chiqqan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+