platina.uz
Jahon

Tolibon emlashga qarshi chiqmoqda

Afgʻoniston hayotga xavf soluvchi va falajlikka olib keluvchi poliomiyelit tarqalishi hech qachon toʻxtamagan ikki mamlakatdan biri. Ikkinchisi esa Pokiston hisoblanadi.

Tolibon emlashga qarshi chiqmoqda

Afgʻonistonda Tolibon poliomiyelitga qarshi emlash kampaniyalarini toʻxtatdi. BMT shu haqda bayonot bergan. Bu poliomiyelitni yoʻq qilish harakatlariga berilgan kuchli zarba, chunki ushbu virus dunyodagi eng yuqumli infeksiyalardan biri boʻlib, uning emlanmagan bolalar guruhlari orasida tarqalishi bu borada erishilgan bir necha yillik yutuqlarni yoʻqqa chiqarishi mumkin.

Afgʻoniston — mazkur hayotga xavf soluvchi va falajlikka olib keluvchi kasallik tarqalishi hech qachon toʻxtamagan ikki mamlakatdan biri. Ikkinchisi esa Pokiston hisoblanadi. Tolibonning bu xurofiy qarori mintaqa va undan tashqaridagi boshqa davlatlar uchun katta oqibatlarga olib kelishi ehtimoldan yiroq emas.

Sentabr oyi uchun moʻljallangan emlash kampaniyasi boshlanishidan bir necha kun oldin BMT agentliklari Tolibonning bunday destruktiv qarori haqida xabardor qilindi. Emlashni toʻxtatish sabablari ochilmagan va Tolibon nazoratidagi hukumatdan birortasi bunga darhol izoh berishidan umid qilish befoyda.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining (JSST) yuqori lavozimli amaldori uyma-uy yurib emlashdan voz kechib, vaksiyanatsiyani masjidlarda oʻtkazish masalasi muhokama qilinayotganidan xabar topganini aytgan.

JSST Afgʻonistonda joriy yilning oʻzida 18 ta poliomiyelit bilan kasallanish holatini holatini tasdiqlagan. Ularning barchasi (ikki holatdan tashqarisi) janubiy hududlarda qayd etilgan. 2023 yilda 6 ta holat kuzatilgani inobatga olinsa, bu yilda kasallanish holatlari 3 baravar koʻpaygan.

"Global poliomiyelitni tugatish tashabbusi Afgʻonistonning baʼzi hududlarida uyma-uy emlash kampaniyalaridan, maydondan-maydonga vaksinatsiya qilishga oʻtish borasidagi soʻnggi siyosiy muhokamalardan xabardor", — deydi JSST doktorlaridan biri Hamid Jafariy. Uning aytishicha, “hamkorlar mavjud siyosatdagi har qanday oʻzgarishning koʻlami va taʼsirini muhokama qilish va tushunish jarayonida."

Qoʻshni Pokistondagi poliomiyelitga qarshi emlash kampaniyalari muntazam toʻsqinlik va zoʻravonliklarga duch keladi. Jangarilar vaksinatsiya guruhlarini va ularni himoya qilish uchun jalb qilingan politsiyachilarga hujum qilishadi.

Ularning ishonishicha, bunday emlash kampaniyalari Gʻarbning bolalarni sterilizatsiya (bepusht) qilishga qaratilgan fitnasi emish.

Avgust oyida ham JSST Afgʻoniston va Pokiston endemik hududlarda emlashni yaxshilashga qaratilgan "intensiv va sinxronlashtirilgan kampaniya"ni amalga oshirishda davom etayotganini xabar qildi va boshqa joylarda aniqlangan holatlarga samarali va oʻz vaqtida javob berishga eʼtibor qaratildi.

2024 yil iyun oyidagi umummilliy vaksinatsiya kampaniyasi davomida Afgʻoniston soʻnggi besh yilda ilk bor uyma-uy emlash strategiyasini qoʻlladi, bu esa JSST maʼlumotiga koʻra, belgilangan bolalarning koʻpchiligini qamrab olish imkonini berdi.

Biroq, janubdagi Qandahor viloyati, Tolibon oliy rahbari Hibatulloh Oxundzoda istiqomat qiluvchi hudud, uyma-uy emlash oʻrniga masjiddan-masjidga yoki maydondan-maydonga emlash kampaniyalarini qoʻlladi, bu esa odamlarning uylariga borishdan koʻra samarasiz usul hisoblanadi.

JSST maʼlumotiga koʻra, Qandahorda uyma-uy emlash olib borilmagani sababli katta miqdorda virus oson yuqadigan bolalar soni saqlanib qolmoqda. “Afgʻonistondagi vaksinatsiya kampaniyalarida ayollarning ishtirok etishi umumiy darajada 20% atrofida boʻlib, baʼzi hududlarda barcha bolalarga yetib borish uchun yetarli emas", dedi u.

Afgʻonistondagi har qanday ortga chekinish Pokistondagi vaksinatsiya dasturi uchun xavf tugʻdiradi, chunki aholining koʻp harakatlanishi sababli kasallik tarqalish ehtimoli yuqori, deya ogohlantirdi JSST oʻtgan oyda.

Pokiston sogʻliqni saqlash vazirligi rasmiysi Anvarul Haq, agar emlash kampaniyalari muntazam va sinxronlashtirilgan tarzda oʻtkazilmasa, virus ikki mamlakat bolalariga taʼsir qilishi va tarqalishda davom etishini aytdi.

"Afgʻoniston yagona qoʻshni boʻlib, Afgʻonistondan koʻp sonli odamlar Pokistonga kelib, yana qaytib ketishadi", — poliomiyelitni yoʻq qilish boʻyicha milliy favqulodda operatsiyalar markazi koordinatori deydi Haq. "Hindiston va Eron kabi boshqa qoʻshni davlatlardan Pokistonga koʻp odam kelmaydi. Ushbu kasallikni yoʻq qilish uchun birgalikdagi saʼy-harakatlar talab etiladi, deydi vakil.

Emlash kampaniyasining toʻxtatilishi poliomiyelitni toʻxtatish uchun global harakat yoʻlidagi oxirgi toʻsiq boʻldi. Har yili taxminan 1 milliard dollarga tushadigan mazkur tashabbus marotaba kasallikni yoʻq qilish uchun belgilangan bir necha muddatlarni oʻtkazib yubordi. Natijada JSST va uning hamkorlari tomonidan belgilangan vaksinatsiya strategiyasidagi texnik xato qimmatga tushdi.

Shuningdek, ayrim partiyadagi ogʻizga tomizdiriladigan vaksinalar sifatsizligi bois Afrika, Osiyo va Yaqin Sharqdagi bir necha oʻnlab davlatlarda epidemiyalarni keltirib chiqardi va bu hozir dunyodagi poliomiyelit holatlarining koʻpchiligini tashkil qiladi.

Bu yaqinda Gʻazo sektorida ham kuzatildi. Bu yerda bir bola poliomiyelitning ogʻizga tomizdiriladigan vaksinasining birinchi bor uchragan mutant shtammidan qisman falaj boʻldi va bu hududdagi 25 yil ichida birinchi holat sifatida qayd etildi.

Maʼlumot oʻrnida aytish joiz, poliomiyelit – oʻtkir yuqumli kasallik boʻlib, asosan 5 yoshgacha boʻlgan bolalarga yuqadi.

Kasallangan har 200 boladan birining qoʻl-oyoqlari ishlamay qolib, bir umrga shol (falaj) boʻlib qoladi. 5-10 foiz holatlarda esa nafas mushaklarining falajlanishi bois oʻlimga olib keladi. Oʻlmagan va falaj boʻlmagan xastalar esa bir umrga harakatlari cheklangan nogiron boʻlib boʻlib qoladi.

Hozircha bu kasallikka chalinganlarni davolash imkoni yoʻq. Yagona chora – kasallikning oldini olish uchun emlashdan iborat.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid