"Qamchiq" dovonida portlatish va burgʻilash ishlari yakunlandi
Ayni paytda avtomobillar ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.

"Qamchiq" dovoni avtomobillar harakati uchun ochildi.
Dovon hududidan oʻtuvchi A373 avtomobil yoʻlining 254,6—258-kilometrlari oraligʻida tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida burgʻilash va portlatish ishlari yakunlandi.
Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.
Avvalroq burgʻilash va portlatish ishlari sabab dovon hududida harakat cheklanishi maʼlum boʻlgandi.