"Qamchiq" dovonida harakat cheklandi
Hududda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida burgʻilash va portlatish ishlari amalga oshiriladi.

"Qamchiq" dovonida harakat vaqtincha cheklandi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
"Qamchiq" dovoni hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yulining 254,6 va 258 kilometrlari oraligʻida tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida burgʻilash va portlatish ishlari amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan bugun, 2024 yil 18 sentabr kuni soat 10:00 dan boshlab ushbu hududda transportlar harakati vaqtincha cheklanadi.
Dovonning harakat cheklangan qismi qachon ochilishi keyinroq eʼlon qilinadi.