Boysundagi portlash haqida prezidentga xabar berildi
Hodisa oqibatida jami 4 kishi halok boʻlgan.

"Mustaqillikning 25 yilligi" gaz konida sodir boʻlgan yangi avariya oqibatida 4 kishi halok boʻlgan.
Bu maʼlumotni prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov Gazeta.uzga tasdiqladi.
Uning soʻzlariga koʻra, halok boʻlganlar konda ishlagan pudratchi tashkilot xodimlari boʻlgan.
Maʼlum qilinishicha, prezident Shavkat Mirziyoyevga hodisa sodir boʻlishi bilanoq xabar berilgan. U tegishli topshiriqlar berib, real vaqt rejimida vaziyat haqida maʼlumot olmoqda.
Hodisa sodir boʻlgan joyga masʼul vazirlik va tashkilotlar rahbarlari yetib borgan. Mahalliy tuzilmalarga avariya oqibatlarini bartaraf etishda yordam berish uchun xorijiy mutaxassislar jalb qilingan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq ikki nafar qurbon haqida maʼlumot berilgandi.