UZTELECOM: yangi avlod texnologiyalari

AKT haftaligi doirasida “Oʻzbektelekom” AK sayohat uchun xizmatlar, bulutli yechimlar, aqlli videokuzatuv tizimlari hamda telekommunikatsiya xizmatlarini qulaylashtiruvchi bir qator innovatsion yangiliklarni taqdim etmoqda.

Jamiyat
17-sentabr, 21:09

Respublikada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini takomillashtirish, bir soʻz bilan aytganda, mamlakatimizni mintaqaviy ayti-habga aylantirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bir necha yildan buyon oʻtkazib kelinayotgan AKT haftaligi davomida erishilgan bitimlar va ular asosida yoʻlga qoʻyilgan loyihalar mamlakatimizni mintaqaviy Ayti-habga aylantirishga xizmat qilmoqda.

17-20 sentabr kunlari boʻlib oʻtishi moʻljallangan tadbirda “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi ham oʻzining innovatsion stendi bilan ishtirok etmoqda.

Aytish joizki, haftalik doirasida UZTELECOM sayohat uchun xizmatlar, bulutli yechimlar, aqlli videokuzatuv tizimlari hamda telekommunikatsiya xizmatlarini qulaylashtiruvchi bir qator innovatsion yangiliklarni taqdim etmoqda.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+