platina.uz
Iqtisod

Uy-joy uchun subsidiyaga ariza berish 23 sentabrdan boshlanadi

Endilikda ariza beruvchining xohishiga koʻra, uning daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlarini kiritishi mumkin. 

Uy-joy uchun subsidiyaga ariza berish 23 sentabrdan boshlanadi

Uy-joy uchun subsidiyalar berishga arizalar 23 sentabrdan boshlanadi.

Prezidentning 2024 yil 30 apreldagi "2024 yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" gi farmoniga koʻra:

Ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar toʻlashning tasdiqlangan maqsadli parametrlari doirasida arizalar qabul qilishning ikkinchi bosqichi joriy yilning 23 sentabr kuni soat 09:00 da boshlanadi.

Shuningdek, ijtimoiy mezonlarga muvofiq, subsidiya olish uchun fuqarolarga yanada kengroq imkoniyat yaratish maqsadida ularning daromadlarini inobatga olish tartibiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.

Endilikda ariza beruvchining xohishiga koʻra, uning daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlarini kiritishi mumkin boʻladi.

Arizalar Davlat xizmatlari markazlariga bevosita borgan holda yoki my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda ariza topshirish mumkin.

Eslatma: ariza beruvchi va/yoki uning turmush oʻrtogʻining (shu jumladan, kafil sifatida keltirgan yaqin qarindoshlari) oʻrtacha daromad miqdori:

- Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — MHTEKMning 2,7 baravaridan (2 mln 835 ming soʻm) 8 baravarigacha (8 mln 400 ming soʻm);

- Toshkent shahrida — MHTEKMning 2,7 baravaridan (2 mln 835 ming soʻm) 9,2 baravarigacha (9 mln 660 ming soʻmgacha) boʻlishi zarur.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid