"Toshkent favvorasi" DUK tugatilmoqda
Favvoralarni ekspluatatsiya qilish uchun tegishli davlat organlari va tashkilotlari masʼul etib belgilanadi.

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan "Toshkent favvorasi" DUK tugatiladi.
Uning mavjud qarzdorliklari Toshkent shahar mahalliy byudjetidan 2024 yilda favvoralarni saqlash uchun ajratilgan mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Favvoralarni ekspluatatsiya qilish uchun tegishli
davlat organlari va tashkilotlari masʼul etib belgilanadi. Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari favvoralarning moddiy-texnik holatini yaxshilash va benuqson ishlashini tashkil etish uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Qarorga ilova qilingan roʻyxatda favvoralar uchun masʼul tashkilotlar nomi keltirilgan. Masalan, Markaziy maydonlarni obodonlashtirish ixtisoslashtirilgan boshqarmasi Xadra maydonidagi favvora, Mirzo Ulugʻbek haykali oldidagi favvora va boshqalar topishirilgan.
Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish departamenti maydon atrofidagi favvoralar uchun masʼul boʻladi. Hukumat obʼektlariga xizmat koʻrsatish ixtisoslashtirilgan boshqarmasi Senat binosi oldidagi favvora, Koʻksaroy, Anhor-2 va Afrosiyob koʻchasidagi favvoralar uchun javobgar boʻladi.
Roʻyxatda jami 43 ta favvora mavjud.