platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev "Markaziy Osiyo-Germaniya" sammitida qator tashabbuslar bilan chiqdi

Mintaqani Yevropa bilan bogʻlovchi muqobil transport yoʻlaklarini rivojlantirishga Yevropa institutlarini jalb etish taklif etildi. 

Shavkat Mirziyoyev "Markaziy Osiyo-Germaniya" sammitida qator tashabbuslar bilan chiqdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Germaniya” ikkinchi sammitida nutq soʻzladi va qator takliflarni ilgari surdi.

2025 yil “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi navbatdagi sammit Oʻzbekistonda oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston rahbari quyidagilarni taklif etdi:

-Ustuvor sohalarda dasturiy tadbirlarni qamrab olgan uzoq muddatli Hamkorlikni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish uchun “Markaziy Osiyo – Germaniya” tahliliy markazlari forumini taʼsis etish. Uning birinchi yigʻilishi Xivada oʻtkaziladi.

-Markaziy Osiyo mamlakatlari va Germaniya sarmoyaviy va texnologik hamkorligini kengaytirishning yoʻl xaritasini ishlab chiqish;

-chegara hududlarida yaratilayotgan alohida iqtisodiy va sanoat zonalaridagi hamda mintaqaviy ahamiyatga ega yirik infratuzilma loyihalarni amalga oshirishga yetakchi nemis kompaniyalari va banklarini jalb etish;

-doimiy biznes-muloqot maydonchasi – “Markaziy Osiyo va Germaniya” investor va tadbirkorlari kengashini ishga tushirish;

-investitsiyalarni ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisidagi koʻp tomonlama hukumatlararo bitimni qabul qilish.

-Energetika vazirliklari, korporatsiyalar, operatorlar, ilmiy tashkilotlar, loyiha institutlari va tarmoq ekspertlarini jalb etgan holda Markaziy Osiyo mamlakatlarining Germaniya bilan Energetik muloqotini yoʻlga qoʻyish.

-Atrof-muhit va iqlim oʻzgarishlarini oʻrganish boʻyicha Markaziy Osiyo universiteti bazasida qoʻshma taʼlim dasturlari va ilmiy almashuvlarni amalga oshirish;

-suvdan oqilona foydalanishda nemis texnologiyalarini joriy etish, irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish, bioxilma-xillikni saqlash, mutaxassis-ekologlarni tayyorlashda hamkorlik qilish.

-Markaziy Osiyoni Yevropa bilan bogʻlovchi muqobil transport yoʻlaklarini rivojlantirishga Yevropa institutlarini jalb etish.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid