Markaziy Yevropada kuchli suv toshqinlari sabab 16 kishi halok boʻldi
Polsha hukumati mamlakatda favqulodda holat eʼlon qildi, Chexiya va Avstriyada ham qurbonlar qayd etildi.

Markaziy Yevropadagi suv toshqinlari sabab 16 kishi halok boʻldi, Polsha hukumati favqulodda holat eʼlon qildi.
Dam olish kunlari Markaziy Yevropada sodir boʻlgan suv toshqinlari qurbonlari soni 16 kishiga yetdi va oʻsishda davom etmoqda. 16 sentabr kuni Chexiya, Polsha va Avstriyada yangi qurbonlar qayd etildi; Ruminiya sharqida butun qishloqlar suv ostida qoldi.
Tabiiy ofatlar Markaziy va Sharqiy Yevropani kuchli yogʻingarchilik bilan qamrab olgan "Boris" toʻfoni sabab boʻlgan.
Polsha Bosh vaziri Donald Tusk toshqin qurbonlariga yordam uchun milliard zlotiy (taxminan 260 million dollar) ajratilishini aytib, Polsha Yevropa Ittifoqidan yordam soʻrab murojaat qilishini qoʻshimcha qildi. Tusk hukumati favqulodda holat eʼlon qildi.
Slovakiyada Dunay toshishi oqibatida eski Bratislava shahrini suv bosdi.
Dunay daryosining quyi oqimida joylashgan Vengriya yaqin kunlarda eng yuqori suv toshqini uchun tayyorlanmoqda.
Avstriyada jabrlangan hududlarga yordam berish uchun askarlar yuborildi. Avstriya Iqlim vazirligi tiklanish uchun 300 million yevro ajratilishini aytdi.
Ruminiya sharqida ham butun qishloq va shaharlar suv ostida qoldi.