Futzal. Paragvay Oʻzbekistonga imkon qoldirmadi
Futzalchilarimiz oxirgi oʻrinda boʻlishiga qaramay, keyingi bosqichga chiqishi mumkin.

Futzal boʻyicha jahon chempionati A guruhidagi 2-tur oʻyinida Paragvay terma jamoasi Oʻzbekistonni yirik hisobda magʻlub etdi.
Janubiy Amerika vakillari har ikki boʻlimda ikkitadan gol urib, 4:1 hisobida gʻalaba qozondi va keyingi bosqich masalasini hal qilib qoʻydi. Oʻzbekiston bitta gol bilan javob qaytardi.
Guruhning narigi oʻyinida Kosta-Rika va Niderlandiya termalari jangovar durang qayd etdilar – 2:2.
Shu tariqa Oʻzbekiston hozircha 1 ochko bilan musobaqa jadvalida 3-oʻrinda bormoqda. Kosta-Rikada ham 1, Niderlandiyada esa 2 ochko bor.

Futzal JCh, A guruhi, 2 tur
Paragvay - Oʻzbekiston 4:1
Gollar: Espinoza 16, Baez 17, Martines 24, Salas 26 - Nishonov 35