platina.uz
Jamiyat

Eshak goʻshti azaldan isteʼmol qilinadigan mahsulot hisoblanadi

Bu haqdagi bir qator prezident va hukumat qarorlaridan fakt-cheking qilib koʻrish qiyin emas.

Eshak goʻshti azaldan isteʼmol qilinadigan mahsulot hisoblanadi

Bir qator ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq sahifalarida eshak goʻshtining isteʼmol qilinadigan mahsulotlar qatoriga qoʻshilgani haqidagi chalgʻituvchi xabarlar bosib ketdi.

Gap shundaki, bugun Oliy majlis qonunchilik palatasi deputatlari hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularning yuqumli kasalliklarga chalinish holatlarining oldini olishga qaratilgan qonun loyihasini maʼqullagan.

Platina.uz ushbu mavzuda oʻrganish oʻtkazib, fakt-cheking qilib koʻrdi. Maʼlum boʻlishicha, eshak goʻshti oldindan isteʼmol qilsa boʻladigan tovarlar qatorida bor. Qolaversa, palatada maʼruza qilgan Veterinariya qoʻmitasi raisi ham eshak degan soʻzni tilga olmagan.

Qonun loyihasida koʻtarilgan masala shuki, hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularning bazasini yaratish, yuqumli kasalliklardan himoyalash choralarini kuchaytirish va bu haqdagi qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti talablariga moslashtirishdir.

Platina.uz bu savolga yanada aniqlik kiritish maqsadida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi axborot xizmati bilan bogʻlandi.

"Oliy Majlis qonunchilik palatasining telegram kanalida “Qonun tashabbuskorlarining aytishicha, hayvonlarni identifikatsiya qilish tizimining eng asosiy afzallik tomonlaridan biri, bu tizim orqali oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanadi.

Shu sababdan isteʼmol uchun ishlatiladigan goʻsht va boshqa mahsulotlar olinadigan qoramol, qoʻy va echki, choʻchqa, ot, eshak, tuya kabi hayvon turlari hamda ular uchun kasallik xafini tugʻdirishi mumkun boʻlgan hamda kasallik kirib kelishini oldini olish, epizootik osoyishtalikni taʼminlash maqsadida, it, mushuklarni identifikatsiya qilinishi taklif etilmoqda” shaklida eshak goʻshti isteʼmol qilinadigan chorva hayvonlari qatorida keltirilgan.

Bu esa, ijtimoiy tarmoqlarda turli xil talqinlarni keltirib chiqardi.

Aslida “eshak” soʻzi matndagi “epizootik osoyishtalikni taʼminlash maqsadida, it, mushuklarni identifikatsiya qilinishi taklif etilmoqda” degan jumlada keltirilganda maqsadga muvofiq boʻlar edi", deya izohladi qoʻmita axborot xizmati rahbari Anvar Suyunov.

Masalan, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 sentabrdagi "Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi qarorida eshak va boshqa uy hayvonlarini identifikatsiya qilish tartiblari tasdiqlangan.

Prezidentning 2017 yil 16 dekabrdagi "Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar raqobatdoshligini taʼminlash va eksportini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmonida eshak goʻshti eksport qilish mumkin boʻlgan mahsulotlar qatoriga qoʻshilgan.

Bundan tashqari, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2019 yil 27 noyabrdagi "Hayvonlarning egalaridan identifikatsiya qilish xizmatlari uchun undiriladigan toʻlovlar miqdori va shartlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorida har bir qoramol, ot, eshak va tuyalar uchun – Oʻzbekistonda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi miqdorida toʻlov undirishi haqida soʻz boradi.

Xullas, eshak goʻshti oldindan isteʼmol va eksport qilinadigan tovarlar sifatida qayd etilgan.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid