"Oʻzavtomotors" rahbari Bo Anderssonga jarima qoʻllanildi
U UzAutoMotors Powertrain AJning tashqi operatsiyalari boʻyicha qarzdorliklarni oʻz vaqtida yopmagan.

"Oʻzavtomotors" va UzAutoMotors Powertrain AJ rahbari Bo Inge Anderssonga ishida yoʻl qoʻygan kamchiligi uchun ish haqining 5% miqdorida jarima intizomiy jazosi qoʻllanildi.
Ochiq manbalarda aytilishicha, u jamiyatning tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorliklarini oʻz vaqtida bartaraf etish choralarini koʻrmagan.
Bugun imzolangan qaror ijrosini taʼminlash AJ xodimlar bilan ishlash departamenti direktori va Moliya direktoriga yuklatilgan.