Italiya bosh vaziri oʻrinbosari olti yilga qamalishi mumkin
Matteo Salvini ichki ishlar vaziri lavozimida ishlagan vaqtida Oʻrta Yer dengizida qutqarilgan noqonuniy muhojirlarni mamlakatga qoʻymagan.

Palermo prokuraturasi Italiya bosh vazirining oʻrinbosari va transport vaziri Matteo Salvinini odam oʻgʻirlash va xizmat vazifasini bajarmaslikda ayblanib, olti yilga qamoq jazosiga hukm qilishni talab qildi.
Ayblovlar Salvini Italiya Ichki ishlar vazirligini boshqargan va 19 kun davomida Oʻrta Yer dengizida qutqarilgan deyarli 150 noqonuniy muhojirga kemadan tushishga ruxsat bermagan 2019 yil voqealariga tegishlidir. Bu haqda Financial Times yozmoqda.
Italiya sobiq ichki ishlar vaziri ustidan sud jarayoni 18 oktabr kuni boshlanishi rejalashtirilgan.
Janob Salvini 2018–2019 yillarda Ichki ishlar vazirligiga rahbarlik qilgan davrda migratsiya masalasida keskin pozitsiyani egallagan. U «yopiq portlar» siyosatini joriy qildi, unda Oʻrta yer dengizida noqonuniy muhojirlarni qutqaruvchi xayriya tashkilotlarining kemalari Italiya portlariga kiritilmadi.
Boʻlajak sud jarayoni haqida paydo boʻlgan xabarlarni sharhlar ekan, Salvini agar u yana oʻsha vaziyatga tushib qolsa, xuddi shunday qilishini aytdi. Uni Italiya bosh vaziri Jorjio Meloni va boshqa bir qancha vazirlar qoʻllab-quvvatladi.
Ilon Mask ham ushbu masala boʻyicha oʻz fikrini bildirdi va oʻz sahifasida: «Bu aqldan ozgan prokurorning olti yilga qamalishi kerak» deb yozdi.
Italiya qonunchiligiga koʻra, prokuratura tomonidan koʻrsatilgan ayblovlar nafaqat qamoqqa olish, balki davlat lavozimlarida ishlashni taqiqlash ham mumkin.