platina.uz
Jamiyat

Buxoroda kuz-qish mavsumi uchun 157 mlrd soʻmdan oshiq pul sarflanadi

Mavsum uchun koʻmir zaxirasini yaratish uchun 123 mlrd 93 mln berilishi koʻzda tutilgan. 

Buxoroda kuz-qish mavsumi uchun 157 mlrd soʻmdan oshiq pul sarflanadi

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obʼektlari, koʻp kvartirali uy-joy fondini 2024/2025 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash toʻgʻrisidagi farmoyishni imzoladi.

Farmoyishning 3-ilovasiga koʻra, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun jami 157 mlrd 573,8 mln soʻm ajratilishi belgilangan.

Buning uchun respublika byudjetidan ajratiladigan mablagʻlar 431,8 mln soʻmni tashkil etsa, mahalliy byudjet va uning qoʻshimcha manbalari 13 mlrd 140 mln soʻm, tashkilot va aholi mablagʻlari 144 mlrd soʻm miqdorida belgilangan.

Ilovaga koʻra, mablagʻlar quyidagicha taqsimlanadi: koʻp kvartirali turar joylar fondini mukammal va joriy taʼmirlashga 3 mlrd 645 mln, issiqlik taʼminoti va asbob-uskunalarni barqaror ishlashga tayyorlashga 1 mlrd 905 mln soʻm beriladi, ichimlik suvi obʼektlariga 1 mlrd 289 mln soʻm, elektr tarmoqlari va qurilmalarga 8 mlrd 663 mln soʻm berilishi lozim boʻladi.

Shuningdek, gaz taʼminoti obʼektlari va qurilmalariga 18 mlrd 824 mln soʻm, kuz-qish mavsumi uchun koʻmir zaxirasini yaratish uchun 123 mlrd 93 mln, olis qishloqlarga suyultirilgan gaz zaxirasini yetkazish uchun 50 mln soʻm ajratiladi.

Avvalroq Toshkent shahrida kuz-qish mavsumi uchun 723 mlrd soʻmdan oshiq pul ajratilishi belgilangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid