platina.uz
Madaniyat

Shoira Bibisora Turobova vafot etdi

U "Kelin salom", "Men izlagan quvonch" kabi oʻnga yaqin sheʼriy kitoblar muallifidir. 

Shoira Bibisora Turobova vafot etdi

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli shoira Bibisora Turobova 2024 yil 15 sentabr kuni vafot etdi.

Bibisora Turobova 1952 yil 1 sentabrda Samarqand (hozirgi Navoiy) viloyati Hatirchi tumanida tugʻilgan.

Oʻrta maktabdan keyin Maktabgacha taʼlim texnikumida oʻqib, soʻng Samarqand davlat pedagokogika institutida taʼlim olgan.

1990 yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasiga aʼzo boʻlgan.

Oʻnga yaqin sheʼriy kitoblari nashr etilgan. Ayniqsa, "Kelin salom" va "Men izlagan quvonch" sheʼriy kitoblari katta eʼtibor topdi.

Marhuma bugun soat 12:20da Doʻrmon ijod uyi 19-dala hovlidan chiqariladi. Janoza namozi Doʻrmon masjidida oʻqiladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid