Futzal: Oʻzbekiston Niderlandiya bilan jangovar durang qayd etdi
Guruhning boshqa oʻyinida Paragvay Kosta-Rikani yirik hisobda magʻlub etdi.

Oʻzbekiston mezbonlik qiladigan futzal boʻyicha jahon chempionati boshlandi. Uning ilk oʻyinida Oʻzbekiston va Niderlandiya toʻqnash keldi.
Uchrashuvda jangovar durang - 3:3 hisobi qayd etildi.
Gollar: 0:1 — 4 Tevfik Cheyar, 1:1 — 16 Elbek Toʻlqinov, 1:2 — 28 Ismoil Odduh, 2:2 — 36 Ixtiyor Ropiyev, 2:3 — 37 Ismoil Odduh, 3:3 — 39 Husniddin Nishonov.
Guruhning boshqa oʻyinida Paragvay Kosta-Rikani 5:2 hisobida magʻlub etdi.