platina.uz
Iqtisod

"Tashabbusli byudjet" yana 177 mahalla qoʻshimcha gʻolib deya topildi

Ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun jami 143,1 mlrd soʻm mablagʻ ajratildi.

"Tashabbusli byudjet" yana 177 mahalla qoʻshimcha gʻolib deya topildi

"Tashabbusli byudjet"da 177 ta loyiha qoʻshimcha gʻolib deb topildi.

"Tashabbusli byudjet"ning joriy yilgi 2-mavsumi yakunlariga koʻra, yuqori ovoz toʻplab gʻolib boʻlmagan 177 ta loyiha uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratildi.

Jumladan:

-Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan gʻolib boʻlmagan navbatdagi loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy byudjetning qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan 56 ta loyiha;

-loyiha qiymatining 20 foizigacha mablagʻ yetmagan navbatdagi 25 ta loyiha;

-mahalladagi mavjud aholi sonidan koʻp ovoz toʻplab gʻolib boʻlmagan 96 ta loyiha qoʻshimcha ravishda gʻolib deb topildi.

Ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun jami 143,1 mlrd soʻm mablagʻ ajratildi.

Gʻolib loyihalar roʻyxati bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid