Oʻzbekistonlik shaxmatchilar 100 foizlik natija koʻrsatmoqda
Erkaklar jamoasi Xorvatiyani, ayollar termasi mezbon Vengriyani magʻlub etdi.

Vengriya poytaxti Budapeshtda oʻtayotgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida Oʻzbekiston milliy jamoasi muvaffaqiyatli qatnashmoqda.
Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi 3-turda Xorvatiyani 3,5-0,5 hisobida, ayollar jamoasi esa sensatsion tarzda mezbon Vengriyani 2,5-1,5 hisobida magʻlubiyatga uchratishdi.
Oʻtkazilgan 3 turdan soʻng 3 gʻalaba bilan oʻzbek shaxmatchilari 100 foizlik natija koʻrsatishmoqda.

4-turda erkaklar terma jamoa Vetnam terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi, ayollar terma jamoasi esa Bolgariya bilan bellashadi.