platina.uz
Jamiyat

Ommaviy tadbirlarda xavfsizlik choralari kuchaytiriladi

Tadbirlarda favqulodda holatlar, elektr va yongʻin xavfsizligi,  evakuatsiya masalalari boʻyicha guruhlar tashkil etilishi mumkin.

Ommaviy tadbirlarda xavfsizlik choralari kuchaytiriladi

Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan ommaviy tadbirlarda xavfsizlik choralari kuchaytiriladi va favqulodda holatlarni oldini olish tizimlari takomillashtiriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarorida maʼlum qilingan.

Unga koʻra, ommaviy tadbirlarda favqulodda holatlar, elektr va yongʻin xavfsizligi, evakuatsiya masalalari boʻyicha guruhlar tashkil etilishi mumkin.

Ommaviy tadbirlarda ishchi guruh xavfsizlik talablarini tekshiradi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻradi.

Favqulodda holatlarda aholi evakuatsiya va boshqv ishlarning qiyinlashishini oldini olish maqsadida matn ishlab chiqiladi, uzatish vositalari orqali xabar berib boriladi.

Ommaviy tadbirlarga kirishga transport harakatlarini cheklaydigan fizik toʻsiqlar oʻrnatilishi taʼminlanadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid