platina.uz
Jamiyat

"UzAuto Motors"ga qarshi ish qoʻzgʻatildi

Qoraqalpogʻistonda “Lacetti L-Stayle MT” rusumli avtomobil olinganiga 5 oy ham boʻlmasdan yonib ketgan. 

"UzAuto Motors"ga qarshi ish qoʻzgʻatildi

Raqobat qoʻmitasi yonib ketgan avtomobil boʻyicha "UzAuto Motors"ga qarshi ish qoʻzgʻatdi.

Qoʻmitaga Qoraqalpogʻiston Respublikasidan fuqaro A. D.ga oʻziga tegishli 2023 yilda “UzAuto Motors” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan “Lacetti L-Stayle MT” rusumli avtomobil olinganiga 5 oy ham boʻlmasdan nosozligi tufayli yonib ketganligini, lekin ishlab chiqaruvchi tomonidan ushbu holat oʻz vaqtida bartaraf etilmayotganligi yuzasidan murojaat qilgan.

Ushbu murojaat Qoʻmita tomonidan koʻrib chiqilganda holat oʻz tasdigʻini topgan. Shuningdek, aynan shu markali (modelli, artikuli) avtomobilda yongʻin chiqishi holati Navoiy viloyatida ham kuzatilganligi aniqlandi.

Qoʻmita Maxsus komissiyasi tomonidan “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 14 va 20-moddalari talablari buzilish alomatlari boʻyicha “UZAUTO MOTORS” AJ va “PSM-AVTOSAVDO” MChJlarga nisbatan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatildi.

Qoʻmita tomonidan ushbu holat (avtomobilda yongʻin chiqishi) inson hayoti va uning sogʻligʻiga jiddiy ziyon yetkazishi mumkinligi holatlarini inobatga olgan holda, yuqorida qayd etilgan avtomobil bilan bir vaqtda ishlab chiqarilgan 37 ta aynan shu markali (modelli, artikuli) avtomobillarni 10 kunlik muddatda chaqirtirib olinib, texnik koʻrikdan oʻtkazish yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berildi.

Shuningdek, murojaat qilgan fuqaroga ayni shunday markali yangi avtomobil almashtirib berildi hamda isteʼmolchi talab qoʻygan vaqtdan boshlab oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun avtomobil bahosining bir foizi miqdorida neustoyka (penya) toʻlashi toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Maʼlumot oʻrnida: Maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi boʻlgan tomon Qoʻmitaning Apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid