platina.uz
Jamiyat

Turkiy davlatlar uchun umumiy alifbo qabul qilindi

Mazkur loyihani Turkiy akademiya muvofiqlashtirgan boʻlib, alifbo 34 harfdan iborat boʻladi. 

Turkiy davlatlar uchun umumiy alifbo qabul qilindi

Turkiy davlatlar tashkilotiga kiruvchi mamlakatlar uchun yagona alifbo qabul qilindi.

2024 yilning 9-11 sentabr kunlari Boku shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti tomonidan tuzilgan Turk dunyosi umumiy alifbosi boʻyicha komissiyaning uchinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv natijasida 34 ta harfdan iborat umumiy turkiy alifbo loyihasi kelishib olindi. Uchrashuv Turkiy Akademiya va Turk tili instituti bilan hamkorlikda oʻtkazildi. Unda TDTga aʼzo mamlakatlar vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad turkiy tillar uchun yagona alifbo loyihasi ustidagi ishlarni yakunlashdan iborat edi. Komissiya 1991 yildagi dastlabki loyihani koʻrib chiqdi va kerakli oʻzgartirishlar kiritdi.

"Ana shunday fidokorona ish natijasida 34 harfdan iborat umumiy turkiy alifbo taklifi boʻyicha kelishuvga erishildi. Taklif etilayotgan alifbodagi har bir harf turkiy tillarda mavjud boʻlgan turli fonemalarni ifodalaydi", — deyiladi rasmiy bayonotda.

Turkiy tillar akademiyasi bu voqeaning tarixiy ahamiyatini taʼkidladi.

" Umum turkiy alifboni ishlab chiqish turkiy xalqlarning til merosini asrab-avaylash bilan birga oʻzaro tushunish va hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi», — deyiladi bayonotda.

Endilikda barcha tegishli muassasalar yangi umumiy turkiy alifboni joriy etishni faol qoʻllab-quvvatlashga taklif etiladi.

Mazkur loyihani muvofiqlashtirgan Turkiy akademiyaning bosh qarorgohi Qozogʻiston poytaxti Ostona shahrida joylashgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid