platina.uz
Jamiyat

Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun 732 mlrd soʻmdan oshiq pul sarflanadi

Ijtimoiy soha obʼektlarini mukammal  va joriy taʼmirlashga 2 mlrd 793 mln soʻm berilishi koʻzda tutilgan. 

Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun 732 mlrd soʻmdan oshiq pul sarflanadi

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obʼektlari, koʻp kvartirali uy-joy fondini 2024/2025 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash toʻgʻrisidagi farmoyishni imzoladi.

Farmoyishning 3-ilovasiga koʻra, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun jami 732 mlrd 624,5 mln soʻm talab etiladi. Buning uchun respublika byudjetidan ajratiladigan mablagʻlar 2 mlrd 793 mln soʻmni tashkil etsa, BSK va korxonalar mablagʻlari 729 mlrd 830 mln soʻm miqdorida belgilangan.

Ilovaga koʻra, mablagʻlar quyidagicha taqsimlanadi: koʻp kvartirali turar joylar fondini mukammal va joriy taʼmirlashga 58 mlrd 930 mln, issiqlikijtimoiy soha obʼektlarini mukammal va joriy taʼmirlashga 2 mlrd 793 mln soʻm beriladi, issiqlik taʼminoti va asbob-uskunalarni barqaror ishlashga tayyorlashga 623 mlrd 848 mln soʻm, ichimlik suvi obʼektlariga 27 mlrd 208 mln soʻm, elektr tarmoqlari va qurilmalarga 2 mlrd 996 mln soʻm berilishi lozim boʻladi.

Shuningdek, gaz taʼminoti obʼektlari va qurilmalariga 16 mlrd 846 mln soʻm, ijtimoiy soha obʼektlarini mukammal va joriy taʼmirlashga 2mlrd 793 mln soʻm beriladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid