Sirdaryo viloyati hokimi Sardoba tumani uchun bir mlrd soʻm ajratdi
Mablagʻ tumanni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish hamda aholiga qulay yashash sharoitlari yaratishga sarflanishi koʻzda tutilgan.

Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev Sardoba tumaniga pul ajratish boʻyicha farmoyishni imzoladi.
Unga koʻra, Sardoba tumanini ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish hamda aholiga qulay yashash sharoitlari yaratish bilan bogʻliq xarajatlarga viloyat mahalliy byudjetining erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan 1,0 (bir) milliard soʻm mablagʻ Sardoba tumani mahalliy byudjetiga ajratiladi.
Tuman hokimligi ajratilgan mablagʻning maqsadli va samarali ishlatilishini hamda viloyat hokimligi matbuot xizmati bilan birgalikda ajratilgan mablagʻ doirasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni viloyat hokimligining veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlaydi.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi xarajatlar yuzasidan yakuniy tekshiruv oʻtkazish vakolatiga ega boʻladi.