Oʻlim va tugʻilish darajasi boʻyicha mamlakatlar reytingi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston oʻlim boʻyicha roʻyxatda 190, tugʻilish boʻyicha esa 64-oʻrinda bormoqda. Ukraina oʻlim boʻyicha reytingda birinchi, tugʻilishda esa oxirgi oʻrinni egallagan.

Ukraina dunyoda oʻlim darajasi eng yuqori va tugʻilish darajasi eng past boʻlgan davlat deya topildi.
AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB)ning dunyodagi oʻlim va tugʻilish koʻrsatkichlari haqidagi soʻnggi maʼlumotlari dalolat beradi.
Hisobotga koʻra, Ukrainada oʻlim darajasi hozirda 1000 kishiga 18,6 ni tashkil etadi - bu dunyodagi barcha mamlakatlar orasida eng yuqori koʻrsatkichdir.

Oʻlim darajasi boʻyicha ikkinchi oʻrinda turgan Litvada oʻlim darajasi har 1000 kishiga 15,02 oʻlimni tashkil etadi. Serbiya har ming kishiga 14,9 oʻlim bilan uchinchi oʻrinda turadi.
Qatarda oʻlim darajasi eng past boʻlib, har 1000 kishiga 1,4 oʻlim toʻgʻri keladi.
Tugʻilish darajasi boʻyicha Ukraina 1000 kishiga 6 tugʻilish qiymati bilan oxirgi oʻrinda turadi.
Fransiyaning Sen-Per va Mikelon hududlari tugʻilish darajasi boʻyicha 1000 kishiga 6,4 tugʻilish koʻrsatkichi bilan oxirgi ikkinchi oʻrinni egalladi.
Niger 1000 kishiga 46,6 tugʻilish koʻrsatkichi bilan dunyoda tugʻilish darajasi boʻyicha yetakchi boʻldi.
Oʻzbekistonda oʻlim boʻyicha reytingda 190, tugʻilish boʻyicha esa 64-oʻrinda bormoqda.