platina.uz
Jamiyat

Suv havzalarida transport vositalaridan foydalanishda cheklovlar kiritilmoqda

Suv transporti vositalarining ruxsat etilgan harakatlanish maksimal tezligi 40 km/soat eetib belgilanadi. 

Suv havzalarida transport vositalaridan foydalanishda cheklovlar kiritilmoqda

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 4 sentabrdagi qarori eʼlon qilindi. U suv havzalarida harakatlanish bilan bogʻliq.

Jumladan, 2025 yil 1 maydan boshlab tabiiy va sunʼiy suv havzalarida:

- faqat tezlikni avtomatik pasaytirish uskunasi bilan jihozlangan (harakatlanish maksimal tezligi 40 km/soatdan oshmaydigan motorli qayiqlar bundan mustasno), GPS uskunasi oʻrnatilgan hamda milliy GPS monitoring va navigatsiya tizimiga ulangan motorli (ichki yonuv dvigatelli) va elektromotorli suv transport vositalarida foydalanishga ruxsat etiladi;

- suv transporti vositalarining ruxsat etilgan harakatlanish maksimal tezligi 40 km/soat, kemalar toʻxtash joylari hamda aholi turar joylari chegaralarida – 20 km/soat, shuningdek, plyajlar va aholi ommaviy dam olish joylari chegaralarida 5 km/soat etib belgilanadi.

2025 yil 1 maydan boshlab yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suv transporti vositalaridan (bundan elektromotorli suv transporti vositalari mustasno) foydalanish natijasida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi uchun quyidagi miqdorlarda yillik kompensatsiya (keyingi oʻrinlarda – kompensatsiya) toʻlovlari undiriladi:

- motorli qayiqlar va gidrotsikllar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari;

- kater uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari yaxtalar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari;

-motorli (ichki yonuv dvigatelli) suv transporti vositalari (shu jumladan foydalanishda boʻlgan) kompensatsiya toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganidan soʻng yillik texnik koʻrikdan oʻtkazilishi;

g) kompensatsiya undirishdan tushgan mablagʻlar Ekologiya jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.

"Chorvoq" suv omborida motorsiz, maxsus vazifalarni bajarish vakolatiga ega boʻlgan vazirlik va idoralarning hamda tezlikni avtomatik pasaytirish uskunasi bilan jihozlangan, GPS uskunasi oʻrnatilgan va yagona milliy GPS monitoring hamda navigatsiya tizimiga ulangan motorli suv transporti vositalarining harakatlanishi, shuningdek, Chirchiq daryosi va uning irmoqlarida (maxsus ajratilgan suv havzalaridan tashqari) choʻmilish, transport vositalarini yuvish va maishiy chiqindilarni tashlash taʼqiqlanadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid