platina.uz
Jamiyat

“Oʻzbektelekom” quyosh panellari samaradorligidan keng foydalanmoqda

Kompaniyaning Navoiy filiali tomonidan Nurota tuman telekommunikatsiya bogʻlamasining maʼmuriy binosiga bir oyda 8200 kVt/soat elektr energiya ishlab chiqish quvvatiga ega quyosh panellari oʻrnatildi.

“Oʻzbektelekom” quyosh panellari samaradorligidan keng foydalanmoqda

Bugungi kunda soha obʼektlarida energiya tejovchi texnologiyalar va muqobil energiya manbalaridan foydalanish oʻz samaradorligini koʻrsatmoqda.

Shundan kelib chiqqan holda “Oʻzbektelekom” AK tomonidan ham tarmoqdagi xizmat koʻrsatish obʼektlarida zamonaviy quyosh panellari oʻrnatilyapti.

Xususan, Kompaniyaning Navoiy filiali tomonidan Nurota tuman telekommunikatsiya bogʻlamasining maʼmuriy binosiga hudud aholisini uzluksiz telekommunikatsiya xizmatlari bilan taʼminlash maqsadida bir oyda 8200 kVt/soat elektr energiya ishlab chiqish quvvatiga ega quyosh panellari oʻrnatildi.

Aytish joizki, mazkur yoʻnalishdagi faoliyatlar Kompaniyaning respublika kesimidagi barcha filiallarida davom ettirilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid