platina.uz
Jamiyat

Imtiyozli kreditlar boʻyicha til biriktirish va manfaatlar toʻqnashuvi fosh etildi

“Fair tech” elektron platformasi tahliliga koʻra, tadbirkorlarga mahsulotlar bozor narxidan qimmat yetkazib berilgan. 

Imtiyozli kreditlar boʻyicha  til biriktirish va manfaatlar toʻqnashuvi fosh etildi

Raqobat qoʻmitasining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “Fair tech” elektron platformasi maʼlumotlari tahlil qilindi.

Unda jami 4 ta holatda imtiyozli kreditlar asosida oilaviy tadbirkorlarga tovarlarni xarid qilish jarayonida taʼminotchilar, oilaviy tadbirkorlar hamda ayrim davlat xizmati xodimlari oʻrtasida til biriktirish va manfaatlar toʻqnashuvi holatlariga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi.

Oʻrganishlar davomida yuk mototransport vositalarining 359 ta xaridorlariga yetkazib beruvchilar soni 114 tani tashkil etgani, ularning markasiga qarab oʻrtacha bozor narxi 29,0 mln.dan 31,0 mln. soʻmgacha boʻlgani, ammo 33,0 mln. soʻmdan yetkazib berilgani maʼlum boʻldi.

Bu bozor narxiga nisbatan 2,0 -3,5 mln. soʻm qimmat ekanligi kuzatilgan.

Oilaviy tadbirkorlarga muzlatgichlar 16 ta tadbirkorlik subʼekti tomonidan yetkazib berilgan boʻlib, xaridorlar soni 21 tani tashkil etgan. Muzlatgichlar ichki bozordagi oʻrtacha narxi 6,0 mln. soʻmni va kredit mablagʻlar hisobiga 7,5 mln. soʻmgacha narxda yetkazib berilgan.

Narx tafovutlari 1,5 mln. soʻmgacha ekanligi kuzatilgan.

Bulardan tashqari, 123 ta tadbirkorlik subʼekti tomonidan jami 492 nafar oilaviy tadbirkorlar uchun tikuv mashinalarining har birini 1,3 mln. soʻmgacha qimmatroq narxda yetkazib berilgan.

Aslida ularning hududdagi ichki bozor narxi 4,7-5 mln. soʻmgacha boʻlgan.

Bunday qonunbuzilish holatlari nok, olma koʻchatlari, baliq chovogʻlari realizasiyasi va koʻchma doʻkon xaridlarida ham aniqlandi.

Hududiy boshqarma tomonidan mazkur qonunbuzilish holatlari va ularni bartaraf qilish yuzasidan viloyat hokimligi, viloyat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentiga tegishli tartibda maʼlumotlar taqdim etildi.

Maʼlumot oʻrnida, Raqobat qoʻmitasi Markaziy bank bilan hamkorlikda Qoʻmitaning “Fair tech” axborot tizimi va Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasi “Smart-market.uz” tizimlarida nazorat ishlarini yoʻlga qoʻygan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid