platina.uz
Siyosat

YeIning Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Avval bu lavozimda ishlagan Sharlotta Adrian iyul oyida diplomatik missiyasini yakunlagandi.

YeIning Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Toyvo Klaar Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi yangi elchisi etib tayinladi.

Bugun, 11 sentabr kuni Yevroittifoq elchisining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilish marosimi boʻlib oʻtdi.

TIV rahbari Baxtiyor Saidovning taʼkidlashicha, mamlakat Hukumati Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi yaqin aloqalarni sezilarli natijalar bilan boyitgan holda hissa qoʻshish tarafdori.

Eslatib oʻtamiz, 2021 yil martidan buyon Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Sharlotta Adrian iyul oyida diplomatik missiyasini yakunlagandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid