platina.uz
Jahon

Vʼetnamda "Yagi" toʻfoni oqibatida 143 kishi halok boʻldi

Mamlakat shimolidagi suv toshqini butun bir qishloqni yuvib ketgan.

Vʼetnamda "Yagi" toʻfoni oqibatida 143 kishi halok boʻldi

Vetnamdagi "Yagi" toʻfoni oqibatida 143 nafar kishi halok boʻldi, deb xabar bermoqda AFP mahalliy hukumat maʼlumotlariga asoslanib. Yana 58 kishi bedarak yoʻqolgan.

Associated Press`ning aniqlik kiritishicha, Vetnam shimolidagi suv toshqini butun bir qishloqni yuvib ketganidan keyin qurbonlar soni ortgan. Natijada kamida 16 kishi halok boʻldi, yana oʻnlab kishilar bedarak yoʻqoldi.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi yomon ob-havo tufayli 210 ming gektarga yaqin ekinlar nobud boʻlganini maʼlum qildi. 700 dan ortiq kishi jarohatlangan.

Avval Vetnam shimolida toʻfon 375 metrlik Fong Chau koʻprigini buzib yuborgan.

Janubi-Sharqiy Osiyoni 1 sentabr kuni "Super Yagi" toʻfoni qamrab oldi. Toʻfon Filippin, Xitoy va Gonkongda ham oʻlimga sabab boʻldi.

Tabiiy ofatlar xavfini boshqarish va kamaytirish boʻyicha Filippin milliy kengashi tabiiy ofat keltirgan zararni 1,36 milliard Filippin pesosi (27,57 million dollar) deb baholadi.

"Yagi" toʻfoni bu yil Osiyodagi eng kuchli siklon boʻlib, shamol tezligi soatiga 203 kilometrga yetmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid